Xitoy xalqaro brendlar uchun ortiq imkoniyatlar mamlakati emasmi?
Bir necha yillar davomida Xitoy G‘arb kompaniyalari uchun ulkan imkoniyatlar mamlakati edi – katta bozor, arzon ishchi kuchi va o‘suvchi iqtisodiyot. Lekin bu davr ortda qolgan bo‘lishi mumkin. The Economist'ning yozishicha, iqtisodiy o‘sishning sekinlashuvi, mahalliy raqobatchilarning kuchayishi va geosiyosiy keskinlik G‘arb brendlari uchun Xitoyning jozibasini pasaytirmoqda.
Xitoy iqtisodiyotidagi stagnatsiya – asosiy muammo bo‘lib qolmoqda. Uy-joy bozoridagi inqiroz iste’molchilarning xarajat qilishni kamaytirishiga olib keldi. Hukumat iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashga harakat qilmoqda, lekin bu sa’y-harakatlar hozircha samarasiz ko‘rinyapti.
Ushbu fonda General Motors kabi bir nechta yirik kompaniyalar Xitoydagi zavodlarini yopishini e’lon qildi. Ayni paytda, mahalliy kompaniyalar xalqaro brendlarga jiddiy raqobat taklif qilmoqda.a Masalan, kofeshoplar bozorida mahalliy Luckin Coffee brendi arzonligi va boshqa ayrim ustunliklari bilan Sturbucks'ni ortda qoldirmoqda.
G‘arb kompaniyalari oldidagi yana bir chaqiriq – Xitoy brendlarining texnologiya sohasidagi ustunlikka yaqinlashib qolgani bo‘lmoqda. Huawei va BYD kabi mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘zining ham texnologik jihatdan zamonaviy, ham arzon mahsulotlarini taklif etmoqda, bu esa xorij brendlarining raqobatlashishini qiyinlashtiryapti.
Ishlab chiqarishini Xitoyga ko‘chirgan xalqaro brendlar uchun siyosiy keskinlik ham yetarlicha boshog‘riq bo‘lyapti. AQSh tomonidan Xitoy kompaniyalariga nisbatan joriy etilgan sanksiyalar va Xitoyning javob choralari, masalan, Nvidia'ga nisbatan tekshiruvlar G‘arb kompaniyalariga bosimni oshirmoqda.
The Economist'ning xulosa qilishicha, raqobatning kuchayishi va iqtisodiy sharoitning yomonlashishi G‘arb kompaniyalari uchun Xitoydagi faoliyatini davom ettirishni borgani sari murakkab qilib qo‘yyapti. Bir paytlar imkoniyatlar mamlakati bo‘lgan Xitoy endi ko‘plab xalqaro brendlar uchun avvalgidek osonroq daromad topish o‘lkasi emas.
Mavzuga oid
11:25
Xitoyda 2024 yilning eng yaxshi avtomobillari e’lon qilindi
21:44 / 22.12.2024
Xitoyda dunyodagi eng katta suvosti tunnelining qurilishi yakunlandi
17:13 / 20.12.2024
Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishining boshlanish sanasi ma’lum bo‘ldi
12:46 / 20.12.2024