Sport | 17:39 / 21.08.2016
9757
1 daqiqa o‘qiladi
Erkin kurash. Ixtiyor Navro‘zov chorak finalga chiqdi
Rio—2016 Olimpiadasining erkin kurash sport turida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan yana bir kurashchi Ixtiyor Navro‘zov o‘z ishtirokini nimchorak finaldan boshladi.
65 kilogrammgacha vazn toifasidagi sportchilar o‘rtasidagi musobaqada Navro‘zovning birinchi raqibi kelib chiqishiga ko‘ra dog‘istonlik bo‘lgan, Bahrayn nomidan turnirga kelgan Adam Batirov edi.
Asosiy vaqtda 7:7 hisobi qayd etildi. Musobaqa reglamentiga ko‘ra so‘nggi ballni o‘zbekistonlik sportchi olgani uchun g‘oliblik unga berildi va Navro‘zov chorak finalga chiqdi.
Uning chorak finaldagi raqibi Puerto-Riko vakili Franklin Gomes bo‘ladi.
Mavzuga oid
19:13 / 13.05.2024
Erkin kurash. Magomed Ibragimov 39 yoshida faoliyatini yakunladi
14:06 / 25.08.2021
Erkin kurash jamoasi bosh murabbiyi: «Tokioda shogirdlarimdan ko‘proq narsa kutgan edim»
12:05 / 21.09.2019
Erkin kurash. O‘zbekistonning 4 vakili o‘z ishtirokini muvaffaqiyatli boshladi, Ixtiyor Navro‘zov esa medalsiz qoldi
13:10 / 20.09.2019