Jamiyat | 10:20 / 22.08.2016
19108
1 daqiqa o‘qiladi

Hindiston bosh vaziri kostyumi eng qimmatbaho libos sifatida Ginnes Rekordlar kitobiga kirdi

Hindiston bosh vaziri Narendra Modining kostyumi eng qimmatbaho zamonaviy kostyum sifatida Ginnes Rekordlar kitobiga kirdi. Bu haqda ANI axborot agentligi xabar berdi.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, monogrammali (ismi, otasining ismi va familiyasi bosh harflaridan tuzilgan bezak shaklidagi shartli belgi) bu kostyum 2015 yilning fevralida auksionda 43 mln rupiy evaziga (643 ming dollardan ortiq) sotilgan. Sotuvdan tushgan mablag‘ xayriya yordami sifatida Ganga daryosini tozalash ishlariga yo‘naltirilgan. Xaridni brilliantlar bilan savdo qiluvchi Dharmananda Diamond Company kompaniyasi xo‘jayini Laldjibxai Patel amalga oshirgan va aynan u Ginnes Rekordlar kitobi hakamlariga murojaat etgan.

Ma'lum qilinishicha, bu libos Narendra Modining 2015 yilda AQSh prezidenti Barak Obama bilan uchrashuvi uchun Ahmadobod shahrida tayyorlangan va u Shimoliy Hindiston an'analariga mos tarzda bezatilgan.

Mavzuga oid