Jamiyat | 09:19 / 23.08.2016
7553
1 daqiqa o‘qiladi

Tailand politsiyasi magistral yo‘lda Pokemon ushlayotgan 12 ta haydovchini qo‘lga oldi

Tailand poytaxti politsiyasi bir kun davomida avtoulovlar harakati vaqtida Pokemon Go o‘yinini o‘ynayotgan 12 ta haydovchini qo‘lga oldi. Bu haqda Tailandning uchinchi milliy telekanali xabar bermoqda.

Aybdorlarning barchasi Bangkok - Sukxumvit magistrali, qirol Rama IV va qirol Ramkxamxeng ko‘chalarida Pokemon “ovlashayotgan” vaqt qo‘lga olingan. Ular ushbu o‘yinni o‘ynash bilan bir vaqtda avtoulov ham boshqarishgan.

Barcha 12 ta haydovchiga nisbatan avtoulov boshqarayotgan payt zarur ko‘rsatmalarga amal qilmay mobil qurilmadan foydalanganlik aybi qo‘yilgan. Ushbu ma'muriy qoidani buzganlik uchun ularning har biriga 400 dan 1 ming tailand bati miqdorida jarima belgilangan.

Mavzuga oid