Jahon | 11:04 / 24.08.2016
12367
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Rossiyani Suriya shimolida harbiy amaliyot boshlaganidan xabardor qildi

Turkiya Rossiya tomonini Suriyaning shimolidagi Jarablus shahrini IShID jangarilaridan ozod etish uchun harbiy amaliyot boshlagani xususida ogohlantirdi. Bu haqda NTV telekanalida ma'lum qilingan.

"Rossiya Jarablusdagi amaliyotdan xabardor qilindi", deyilgan telekanal saytidagi xabarda.

Bundan oldinroq, Turkiya armiyasi 24 avgust tongida Suriya shimoliga kirgani haqida xabar qilingandi.

Amaliyotni Harbiy havo kuchlari samolyotlari qo‘llab-quvvatlamoqda.

Anadolu agentligi Jarablus shahridagi jangarilar pozitsiyalariga ilk zarbalar berilganini ma'lum qilgan.

Turkiya 20 avgust kuni Gaziantepda IShID tomonidan terakt amalga oshirilganidan keyin Suriya bilan chegarasida harbiy amaliyot boshlashini ma'lum qilgandi.

23 avgust kuni Jaralbusdan Turkiyaning Karqamish shahriga artilleriya zarbalari berildi.

Shu kuni Turkiya hukumati chegara yaqinidagi aholini evakuatsiya qildi va yurishga tayyorgarlik ko‘rildi.

Mavzuga oid