Jahon | 12:17 / 25.08.2016
5987
1 daqiqa o‘qiladi

La-Manshda 5 nafar britaniyalik halok bo‘ldi

5 nafar britaniyalik Sharqiy Sasseks hududida, La-Mansh bo‘g‘ozi suvlarida cho‘milish vaqtida halok bo‘lgan. Bu haqda Sky News telekanali Qirollik milliy qutqaruv xizmati tashkilotiga asoslangan holda xabar bergan.

Telekanal xabarida aytilishicha, qutqaruvchilar chorshanba kuni suvdan 3 kishining jasadini olib chiqishgan, lekin ularning jonini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan. Yana 2 jasad Kamber Sands sohili yaqinidagi suvdan topilgan.

Talqinlardan birida aytilishicha, ular meduza tishlashi oqibatida halok bo‘lgani ehtimol. Lekin qutqaruvchilar bu sababni inkor etishmoqda, bu hududdagi meduzalarning tishlari "qichitqi o‘tdan ortiqroq ozor bera olmaydi".

Fojianing yana bir ehtimoliy sababi sifatida to‘lqin ortga qaytgan vaqtida suvdagilarni cho‘ktirib yuborgani aytilmoqda.

Politsiyachilar va qutqaruvchilar sohildagilardan suvga tushmaslikni so‘ramoqda.

Mavzuga oid