Fan-texnika | 14:56 / 25.08.2016
12719
1 daqiqa o‘qiladi

Odnoklassniki O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan maxsus loyihani ishga tushirdi

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi arafasida Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i o‘z tarixida o‘zbekistonlik foydalanuvchilar uchun maxsus loyihani ishga tushirdi. Loyiha doirasida har bir foydalanuvchi o‘zining fotosuratini bayram ramzlari bilan bezatish imkoniga ega.

Ushbu loyiha Ledokol Group agentligi bilan ishlab chiqilgan va Uzinfocom kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda tatbiq etish markazi tomonidan amalga oshirilgan.

— Biz Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘ining O‘zbekiston uchun muhim sanalgan mustaqillik bayramiga bo‘lgan e'tiboridan xursandmiz. Kompaniyamiz mamnuniyat bilan ushbu loyihani ma'qullaydi va endilikda ham shu kabi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab kelamiz, — dedi UZINFOCOM markazi direktorining o‘rinbosari Nozimjon Daliboyev.

Foydalanuvchilarning bezatilgan fotosuratlari o‘zbek va rus tillari sharhi bilan namoyish qilinadi.

Mavzuga oid