Jahon | 15:55 / 25.08.2016
10420
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Jarablusning IShIDdan to‘la ozod etilgani haqida ma'lum qildi

Turkiya Suriya shimolidagi Jarablus shahrini IShID jangarilaridan tozaladi. Bu haqda Turkiya Mudofaa vazirligiga asoslanib Reuters xabar berdi.

Qayd etilishicha, ayni vaqtda shaharni Turkiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan Suriyadagi muxolifat kuchlari nazorat qilmoqda.

Suriya kurdlari turkiyaliklarning 24 avgust kungi hujumi natijasida shahar aholisining 29 nafar vakili halok bo‘lgani haqida ma'lum qilgandi.

Bundan oldinroq, AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Turkiya TIV rahbari Mavlud Chovusho‘g‘lini Suriya kurdlari Frot daryosi sharqidagi pozitsiyalaridan chekingani haqida ogohlantirgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

BMT Turkiyani Suriyadagi IShIDga qarshi operatsiya davomida xalqaro me'yorlarga rioya etishga chaqirgan.

Mavzuga oid