Jahon | 11:04 / 28.08.2016
12240
1 daqiqa o‘qiladi
AQSh HDK 2,7 mlrd dollarlik atom suvosti kemasiga ega bo‘ldi
General Dynamics Electric Boat kemasozlik korxonasi AQSh Harbiy dengiz kuchlariga 2,7 mlrd dollarlik atom suvosti kemasini taqdim etdi. Bu haqda Assoshieyted Press xabar bergan.
Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, submarina tayyor bo‘lishi uchun deyarli 5,5 yil muddat sarflangan. Unga mamlakat prezidenti Barak Obamaning rafiqasi Mishel Obama tug‘ilgan shtat sharafiga USS Illinois nomi qo‘yiladi.
Birinchi xonim suvosti kemasi ishini va uning ekipaji hayotini kuzatish uchun tashrif buyurishi kutilmoqda.
Submarinaning suvga tushirilishi marosimi Konnektikut shtatidagi Groton shahrida 29 oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
21:44 / 01.04.2024
AQSh dunyoda birinchi bo‘lib «shovqinsiz» suvosti kemasini ishlab chiqardi – OAV
19:10 / 11.12.2023
Rossiya dengiz floti ikkita yangi atom suvosti kemasi bilan kuchaytirildi
15:04 / 05.04.2022
AQSh yangi atom suvosti kemasini namoyish qildi
20:14 / 02.07.2019