Jahon | 23:35 / 28.08.2016
12949
2 daqiqa o‘qiladi

Sichqon tufayli samolyotning parvozi ikki kunga qoldirildi

Air France aviakompaniyasining Mali poytaxti Bamakodan Parijga reysi sichqon tufayli 48 soatga qoldirildi. Sichqon qandaydir tarzda uchuvchilar kabinasiga kirib qolgan. Sichqonni tutishga ancha vaqt talab qilingani uchun reys bekor qilindi. Ekipaj sichqonni tutishga urinish davomida bir necha bor dam olishiga to‘g‘ri kelgan. Sichqonga nima bo‘lgani noma'lum.

Samolyotlar bortda sichqon bilan uchishi taqiqlanadi, chunki kemiruvchi samolyotdagi elektr simlar va boshqa kabellarga shikast yetkazishi mumkin. 

Reys yo‘lovchilari mahalliy mehmonxonalarga joylashtirilganlar va ushlanish uchun tovon puli oladigan bo‘ldilar. 

Parvoz, birinchidan, sichqon birorta muhim kabelni kemirganmi-yo‘qmi bilish uchun, ikkinchidan, aviakompaniyada Bamakoda keyingi kunga parvozni amalga oshirish uchun yetarlicha xodimlari bo‘lmagani sabab 2 kunga ushlangan.  

Aviakompaniya vakili Kristof Pome yo‘lovchilardan uzr so‘rab, ularning xavfsizligi hammasidan ustunligini aytgan. 

Samolyot 28 avgust kechki vaqt Parijga uchib keta olgan.


 

Mavzuga oid