Light | 20:32 / 31.08.2016
9646
2 daqiqa o‘qiladi

10 kilometr masofani suzib o‘tgan it Facebook tufayli egasiga qaytdi

Rayli laqabli malinua Belgiya ovcharkasi ko‘lda 10 kilometrlik masofani suzib o‘tdi va Facebook tarmog‘idagi e'lon tufayli topildi. Bu haqida Mashable ma'lum qildi. 

O‘n oylik Rayli Michigan ko‘li bo‘ylab suzayotgan kema bortidan tasodifan tushib qolgan, bu vaqtda uning egalari Kristina va Ed Kasaslar palubadagi elektr bilan bog‘liq muammolarni hal qilayotgan bo‘lishgan. Juftlik ovcharka yo‘qolganini tushunib yetganidan so‘ng uni izlashga kirishdi, biroq bu urinishlar besamar ketdi. 

 Facebook tarmog‘idagi yo‘qolgan itlarni izlash jamiyati administratori Linn Fidor juftlikka yordam qo‘lini cho‘zdi – u ijtimoiy tarmoqda Michigan ko‘li hududida yo‘qolib qolgan ovcharka haqida e'lon berdi va buning evaziga 5 ming dollar mukofot puli va'da qildi. 
   

“Natijada 20 mingdan ortiq kishi bizning e'lonimizni o‘qidi”, - dedi Fedor. Biroz vaqt o‘tgach, yo‘qolgan ovcharka mahalliy qayiqchi tomonidan topildi. U itni yonidagi palata lageriga olib borgan, shu yerda Rayli baxtli egalari bilan qayta uchrashgan. “Hikoyamiz muvaffaqiyatli yakun topdi, - deya ma'lum qildi Fido. – Aynan shuning uchun biz bu ish bilan shug‘ullanamiz”.

Rayli bortdan tushib ketganidan keyin suvda taxminan 10 kilometrlik, quruqlikda yana 20 kilometrlik masofani bosib o‘tgan. 


 

Mavzuga oid