Sport | 18:21 / 31.08.2016
13482
1 daqiqa o‘qiladi

Futbolchi xet-trikni qizg‘in nishonlagani uchun maydondan chetlatildi

Shvetsiyaning "Norrbyu" futbol klubi himoyachisi Medi Dresevich golni nishonlagani uchun maydondan chetlatildi. Bu antiqa hodisa "Tvaaker" klubiga qarshi uchrashuvda yuz berdi.

Futbolchi o‘yinning 83-daqiqasida 3-golini kiritib, o‘z faoliyatidagi birinchi xet-trigini amalga oshirdi. Bundan boshi osmonga yetgudek bo‘lgan futbolchi tribunaga ko‘tarilib, o‘zini qizg‘in olqishlay boshladi. Unga muxlislar ham qo‘shildi.

Biroq futbolchining bu harakatlari hammaga ham birday yoqmadi. Bunday xatti-harakatdan jahli chiqqan hakam futbolchiga ikkinchi sariq kartochka ko‘rsatib maydondan chetlatdi. Uchrashuv Dresevichning jamoasi foydasiga 6:1 hisobi bilan yakunlandi.

Mavzuga oid