Jahon | 10:09 / 01.09.2016
5683
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliya uch mamlakatdagi elchisini qaytarib oldi

Braziliya Venesuela, Boliviya va Ekvadordagi elchilarini chaqirib oldi, bunga bu mamlakatlar hukumatlarining Dilma Russefga e'lon qilingan impichment haqidagi qarorni tanqid ostiga olganligi sabab bo‘lgan. Bu haqida Reuters agentligi Braziliya TIVdagi manbasiga asoslanib, xabar berdi. 

Ta'kidlanishicha, bunday qaror tashqi ishlar vazirligi rahbari Joze Serra tomonidan qabul qilingan. 

Bundan avval Venesuela, Boliviya va Ekvador hukumatlari Braziliya senatining o‘sha paytda vaqtinchalik vazifasidan chetlatilgan prezident Dilma Russefning impichmenti haqidagi qarorini tanqid ostiga olishgandi. 

Mavzuga oid