Tojikiston prezidenti mamlakatdagi fuqarolik urushining boshlanishi haqida eslab o‘tdi
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon 1990-yillar boshida mamlakatda sodir bo‘lgan fuqarolik urushi Tojikiston Islom tiklanishi partiyasi tashabbusi bilan mullalar tomonidan boshlanganini eslab o‘tdi.
"Biz hali mamlakatimizni mustaqillikning boshlarida qamrab olgan va o‘n minglab odamlar halok bo‘lgan, ayniqsa Xatlon viloyatida, fuqarolik urushi oqibatlarini unutganimiz yo‘q", deb aytdi Rahmon.
Uning aytishicha, islom, jumladan uning xanafiylik oqimi, tinchlik, totuvlik va insoniylik dini hisoblanadi, biroq tojik yetakchisining fikricha, mamlakat yoshlarini "yot oqim va e'tiqodlardan himoyalash kerak".
May oyida "Tojik mehnat muhojirlari" Umumrossiya jamoatchilik harakati rahbari Karomat Sharipov Tojikistonda yangi fuqarolik urushi yuz berishi mumkinligini aytgandi. U Rahmonni "mamlakatning haqiqiy muammolarini bilmaslikda" ayblab, tanqid qilgandi. "Bizga ko‘plab murojaatlar tushmoqda, odamlar yordam so‘ramoqda. Urush hali oldinda", deb aytgan Sharipov.
Tojikiston Islom tiklanishi partiyasi Tojikiston Oliy sudining 2015 yil 29 sentabrdagi qarori bilan taqiqlangan. Tojikistondagi fuqarolik urushi vaqtida bu partiya hukumatga qarshi turgan Birlashgan tojik muxolifati tarkibiga kirgan. 1997 yilda hukumat va muxolifat o‘rtasida tinchlik sulhi tuzilgandan keyin mamlakat adliya vazirligida qayd etilgan.
Tojikistondagi fuqarolik urushi 1992 yildan 1997 yilgacha davom etgan. Urush vaqtida 60 mingga yaqin odam halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
17:52 / 04.12.2024
Tojikiston va Qirg‘iziston umumiy davlat chegarasini delimitatsiya qilishni yakunladi
17:13 / 29.11.2024
Tojikistonda bolalarni xivchin bilan savalagan ayol ushlangani ma’lum bo‘ldi
16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi
12:26 / 15.11.2024