Jamiyat | 19:33 / 07.09.2016
17755
2 daqiqa o‘qiladi

"My First President" mavzusida ingliz tilidagi insholar tanlovi e'lon qilindi

Jahon tillari universiteti huzuridagi “O‘zbekistonda xorijiy tillar” nomli elektron jurnali va internet portali tashabbusi bilan " My First President" mavzusida ingliz tilidagi insholar tanlovi e'lon qilindi. 

Namunalar 30 sentabrgacha qabul qilinadi.

Respublikaning barcha talaba-yoshlari o‘rtasidagi o‘ziga xos tanlov O‘zbekiston respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlanadi. Unda talabalar mamlakat hayotida yuqori o‘rin tutgan buyuk shaxsning kelajak avlod uchun yaratgan imkoniyatlari, har bir yosh iste'dod uchun kerakli bo‘lgan da'vatlari, bosib o‘tgan hayot yo‘lidagi ibratli jihatlar aks ettiriladi. 

Insholar O‘zDJTUning ingliz tili sohasida uzoq yillik tajribaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilari hamda tilshunoslardan iborat hakamlar hay'ati tomonidan mazmun, imlo va orginallik ko‘rsatkichlari bilan saralanib, “O‘zbekistonda xorijiy tillar” internet portalining maxsus ruknida e'lon qilib boriladi.

Eng yaxshi deb topilgan insholar O‘zDJTU va Fledu.uz portali hamkorligida nashr etilishi ko‘zda tutilayotgan alohida to‘plamdan joy oladi. 

Insholar tanlovining aynan ingliz tilida o‘tkazilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad, xalqaro jamoatchilikka nafaqat Markaziy Osiyo, balki butun dunyo siyosiy hayotida muhim o‘rin tutgan beqiyos shaxs haqida yosh avlodning o‘y-fikrlarini yetkazib berish, respublikaning birinchi prezidenti tomonidan 2012 yilning 10 dekabrida e'lon qilingan “Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi №1875-son qarori asosida mamlakatimizda xorijiy tillar yo‘nalishida olib borilayotgan islohotlarni yangi darajada namoyon etishdan iborat.

Mavzuga oid