Yamanda aviazarbalar oqibatida o‘nlab tinch aholi vakillari halok bo‘ldi
Saudiya Arabistoni boshchiligidagi harbiy koalitsiya samolyotlari Yamanda xatolik bilan raketalarni boshqa nuqtaga yo‘llashi oqibatida tinch aholi vakillaridan kamida 26 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy manbalarga asoslangan holda Reuters xabar tarqatdi.
Ma'lum qilinishicha, Yaman shimolidagi hududda suv chiqarish uchun qazish ishlarini olib borayotgan ishchilar ustiga raketa yo‘llangan va 15 kishi halok bo‘lgan.
Bu hodisadan keyin odamlar jarohatlanganlarga yordam uchun shoshilganida hujum takrorlangan va yana 11 kishi halok bo‘lgan. Bundan tashqari, bu hujum natijasida 20dan ortiq kishi jarohatlangan.
Koalitsiya tomoni hozircha bu ma'lumotlarga munosabat bildirmadi.
Mahalliy manbalarda shu vaqtda shayx Maqbul al-Harmalining uyiga ham havo zarbasi berilgani va natijada 6 kishi halok bo‘lgani haqida aytilgan.
Bundan avvalroq Yaman armiyasi Saudiya Arabistoniga ballistik raketa bilan zarba bergani haqida xabar qilingandi.
Mavzuga oid
22:15 / 26.12.2024
Isroil aviatsiyasi Yaman poytaxti aeroportiga zarba berdi
15:21 / 26.12.2024
Isroil HHK qo‘mondoni Yamandagi husiychilarga hujumlarni kuchaytirish bilan tahdid qildi
18:07 / 24.12.2024
Saudiya Arabistonidagi ko‘zgusimon megashaharni robotlar quradi
15:56 / 22.12.2024