Jamiyat | 17:31 / 15.09.2016
5664
2 daqiqa o‘qiladi

Robert De Niro Rim papasi rolini o‘ynaydi

«Oskar» mukofoti laureati Robert De Niro Rim papasi Piy IX rolini ijro etadi. Bu haqda NME xabar bergan.

U shu mavzudagi ikkinchi loyihada ishtirok etadi, birinchisi bilan Stiven Spilberg shug‘ullanmoqda. 

Spilberg «Edgardo» nomli filmida Piy IX rolini ijro etishi uchun aktyor Mark Raylensni («Josuslik ko‘prigi») tanlagan. Film Bolonyada 1858 yili yahudiylar oilasidan 6 yoshli Edgardo Mortarning tortib olinishi voqealarini hikoya qiladi. Bola katolik sifatida tarbiyalanadi. Piy IX unga uyiga qaytishiga ruxsat bermaydi va Mortar ruhoniy bo‘lib yetishadi.

Avvaliga Spilberg bu filmda prodyuser Harvi Vaynshteyn bilan birga ishlashi belgilangandi, lekin ularning hamkorligi 2016 yilning aprelida to‘xtab qolgan. Endilikda Vaynshteyn bu voqealarni o‘z talqini bo‘yicha ishlaydi va bu filmda Piy IX rolini De Niro o‘ynaydi. Filmga Baltasar Kormakur («Everest») rejissyor sifatida taklif qilingan.

De Niro yangi filmda suratga tushish ishlarida 2017 yilning yanvaridan ishtirok eta boshlaydi, Raylens ishtirok etayotgan Spilbergning filmi esa 2017 yilning bahorida boshlanadi. Spilbergning filmi asosan Mortarning yoshlik yillariga bag‘ishlanadi, Kormakur esa voqealarni to‘la qamrab olishni niyat qilgan.

Mavzuga oid