Iqtisodiyot | 08:01 / 15.09.2016
74338
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Rossiyaga «yashil yo‘lak» yaratishni taklif qildi

O‘zbekiston Rossiyaga Bojxona xizmati va Rossiyaning veterinar va sanitar nazorat bo‘yicha Federal xizmati («Rosselxoznadzor») yo‘nalishida kelishuv tuzib, bojxona va fitosanitariya hujjatlarini rasmiylashtirishni soddalashtiruvchi «yashil yo‘lak» deb nomlanuvchi jarayonni amalga oshirishni taklif qildi. Bu fikrni 14 sentabr kuni O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Rustam Azimov Rossiya qishloq xo‘jaligi vaziri Aleksandr Tkachev bilan uchrashuvi chog‘ida bildirgan.

Rossiya qishloq xo‘jalik vazirligi matbuot xizmati tomonidan xabar qilinishicha, tomonlar agrosanoat sohasida ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilishgan.

Qishloq xo‘jalik vaziri joriy yilda ikki mamlakatning o‘zaro hamkorligi natijasida O‘zbekistonda yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining Rossiya bozoriga yetkazib berilishi hajmi ikki baravardan ham oshganini ma'lum qilgan. Shu bilan birga tomonlar o‘zbek meva-sabzavotlarining Rossiya hududiga yetkazilishi hajmi oshirilishidagi mavjud bir qator to‘siqlar mavjudligini ham e'tirof etishgan.

Xabarda ta'kidlanishicha, O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiya Bojxona xizmati va «Rosselxoznadzor» yo‘nalishida kelishuv tuzib, bojxona va fitosanitariya hujjatlarini rasmiylashtirishni soddalashtiruvchi «yashil yo‘lak» deb nomlanuvchi jarayonni amalga oshirishni taklif qilgan.

Tomonlar barcha sohalardagi muammolarni hal qilishda o‘zaro faol hamkorlik qilishga tayyorliklarini bildirishgan.

Mavzuga oid