Turkmaniston rahbari hukumat oldiga prezidentlik saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish vazifasini qo‘ydi
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov hukumatga prezidentlik saylovlariga tayyorgarlik ko‘ra boshlashni buyurdi. Bu haqida mahalliy OAV ma'lum qildi.
Manbaga ko‘ra, davlat rahbari Vazirlar mahkamasi va Davlat xavfsizlik kengashining hamkorlikdagi majlisida hukumat oldiga ana shunday vazifa qo‘ygan.
"Ushbu muhim ijtimoiy-siyosiy hodisa keng demokratik va muqobillik asosda, bir necha nomzodlar ishtirokida yuqori darajada o‘tishi kerak", - dedi Berdimuhammedov.
Turkmanistonda prezidentlik saylovlari oxirgi marta 2012 yilning fevralida bo‘lib o‘tgan. O‘shanda Gurbanguli Berdimuhammedov ikkinchi muddatga prezident etib saylangan edi. Turkmaniston davlat rahbarining keyingi saylovlari 2017 yilning fevralida bo‘lib o‘tishi kerak.
Bundan avval Turkmaniston parlamenti Oqsoqollar kengashi majlisida mamlakatning yangi konstitutsiyasini qabul qildi, u prezidentlik vakolati muddatini 5 yildan 7 yilgacha uzaytirish imkonini beradi.
Mavzuga oid
17:34 / 15.12.2024
Janubiy Koreya prezidenti lavozimidan vaqtincha chetlatildi
16:26 / 12.12.2024
Abdulaziz Komilov Turkmanistonning «Hurmatli el yoshullisi» unvoni bilan taqdirlandi
15:25 / 06.12.2024
Turkmaniston O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni ko‘paytiradi
19:33 / 05.12.2024