Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili: AQSh hamkorlarini terrorchilikka qarshi kurashishga tayyorligi borasida ishontirishi kerak
Rossiya AQSh uni va boshqa hamkorlarini Daur-az-Zordagi voqeadan keyin Suriyadagi vaziyatni siyosiy yo‘l bilan tartibga solishga sodiqligi borasida ishontirishini kutmoqda. Bu haqda jurnalistlarga Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vitaliy Churkin BMT Xavfsizlik kengashining Suriya bo‘yicha yig‘ilishidan keyin aytib o‘tdi.
Churkin jurnalistlarning savollariga javob berish davomida Rossiya va AQShning Suriya bo‘yicha kelishuvi tugagani haqida gapirish mumkin-mumkinmasligi haqidagi savolga "Yo‘q. Men aytganimdek, bu katta savol belgisi", deb javob berdi.
"Menga Vashington qanday munosabat bildirishi qiziq bo‘lardi. Agar bugun AQShning BMTdagi vakili Pauer qilgani bu AQShning munosabati bo‘lsa, unda bizda jiddiy ko‘ngilsizliklar bor. Umid qilamanki, ular Suriyadagi vaziyatni siyosiy yo‘l bilan tartibga solish, terrorchilarga qarshi kurash borasida niyatlari jiddiyligida bizni va qolgan tomonlarni ishontirishga yo‘l topa oladilar", deb aytdi Churkin.
Pauer Rossiyaning Daur-az-Zordagi zarbalardan keyin Xavfsizlik kengashining shoshilinch maslahatlashuvini chaqirish talabani "surbetlik va ikkiyuzlamachilik" deb atagandi va Churkinning nutqini tinglashdan bosh tortgandi.
Eslatib o‘tamiz, 17 sentabr kechki payt AQSh boshchiligidagi koalitsiya samolyotlari Suriya hukumat qo‘shinlariga zarba bergan. Oqibatda 62 harbiy halok bo‘lgan, 100 ga yaqini jarohatlangan. AQSh keyinroq bu zarbalarni xatolik tufayli berilganini aytgan.
Churkin AQShni o‘t ochishni to‘xtatish tartibi hamda Suriya hukumati oldida hukumat qo‘shinlariga zarba bermaslik borasida o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni buzganlikda ayblagan.
Mavzuga oid
15:55
"Hamkor bo‘lmasak, nimani yo‘qotamiz?" – O‘zbekistonning BRICS’dagi ishtiroki haqida suhbat
08:56
AQSh Ukrainaga 1,25 mlrd dollarlik yordam paketini tayyorlamoqda
07:50
AQSh AZAL layneri Rossiya HHM zarbasi tufayli halokatga uchragani belgilarini ko‘rmoqda
22:49 / 27.12.2024