AQSh Boku bilan harbiy hamkorlikni kengaytirmoqchi
AQSh mudofaa vazirining Rossiya, Ukraina va Yevrosiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi Maykl Karpenter Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Elmar Mamedyorov bilan uchrashuvda bayonot berishicha, Vashington va Baku uchun harbiy hamkorlikni kengaytirish muhimdir. Bu haqda, Ozarbayjon TIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Uchrashuv BMT Bosh Assambleyasi 71-sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tgan.
"Maykl Karpenter Ozarbayjon va AQShning mudofaa sohasidagi o‘zaro hamkorligidan qoniqish bildirgan. U ikki mamlakat o‘rtasidagi mudofaa masalalari bo‘yicha maslahatlashuvlarning muvaffaqiyatini ta'kidlab, mazkur yo‘nalishda hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etgan", — deyiladi matbuot bayonnomasida.
Mamedyorov, o‘z navbatida, arman-ozarbayjon, Tog‘li Qorabog‘ muammosini hal etish borasidagi muzokaralar jarayonining borishi haqida ma'lumot bergan.
Mavzuga oid
10:32
Xitoy TikTok’ning AQShdagi bo‘limini Ilon Maskka sotishi mumkin - Bloomberg
09:15
Kuba AQSh bilan kelishuv doirasida 553 mahbusni ozod qiladi
08:54
AQSh va Armaniston strategik hamkorlik to‘g‘risida kelishib oldi
18:33 / 14.01.2025