Fan-texnika | 08:36 / 22.09.2016
12743
2 daqiqa o‘qiladi

Durov va Snouden Telegram va WhatsApp’ning xavfsizligi borasida bahslashishdi

Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov messenjerni yetarlicha himoyalanmagan deb hisoblayotgan, AQSh maxsus xizmatlarining sobiq xodimi Edvard Snoudenga tvitterda javob berdi.

Bundan avval amerikalik tvitter foydalanuvchilaridan biriga nima uchun Telegram’ni uning standart sozlanmalari tufayli WhatsApp’dan kamroq himoyalangan, deb hisoblashini tushuntirgan. Snoudenning fikricha, bu dasturni "mutaxassis bo‘lmaganlar" uchun xavflilik qiladi. 

Durov buni e'tiborsiz qoldirmadi va Snoudenga "Sen WhatsApp’ning ko‘pchilik foydalanuvchilari yozishmalarining butun tarixini shifrlanmagan ko‘rinishda Google Drive yoki iCloud’da saqlashini hisobga oldingmi?", deb qarshi savol berdi. Durov shuningdek WhatsApp sozlanmalarining oydinmasligiga e'tiborni qaratdi.

Bahs Durovning tvitter bunday bahslar uchun eng yaxshi joy emasligi haqidagi so‘zlari bilan yakunlandi. 

Avvalroq Snouden Googleֹning Allo messenjeridan foydalanmaslikka chaqirgandi.  

 

Mavzuga oid