Finlar kiyiklar bilan sodir etiluvchi YTHning oldini olish uchun mobil ilova taqdim etishdi
Finlandiyalik dasturchilar haydovchilarga kiyiklar bilan sodir bo‘luvchi baxtsiz hodisalarning oldini olishga yordam beruvchi mobil ilova yaratishdi. Bu haqda 23 sentabr kuni Yle xabar beradi.
Porokello («Kiyik qo‘ng‘irog‘i») ilovasi haydovchilarga kiyiklar o‘tayotgan joylar haqida ma'lumot beradi. Taxminlarga ko‘ra, dasturdan nafaqat avtomobil ishqibozlari, balki professional haydovchilar ham foydalanishi mumkin.
Hozir dastur sinovdan o‘tkazilmoqda. Ma'lum bo‘lishicha, 2017 yildan boshlab uni iOS va Android qurilmalarida erkin yuklab olish imkoni paydo bo‘ladi.
Loyihani ishlab chiqishga 600 ming yevro sarflandi. Mablag‘ning 95 foizi davlat tomonidan imtiyozli ravishda to‘lab berildi, sababi, bug‘u va kiyiklar bilan sodir bo‘luvchi transport hodisalari jiddiy muammoga aylangan. Hayvonlar nafaqat g‘ildirak tagida qolmoqda, balki inson umriga ham zomin bo‘lmoqda.
Mavzuga oid
16:34 / 18.11.2024
“Manzil”: Dengiz sathidan 3000 metr balandlikdagi ko‘l – Arashan buloqqa sayohat
15:30 / 13.11.2024
Qozog‘istonga yo‘lbarslar qaytarilmoqda. Ular bundan 70 yil avval yo‘qolib ketgandi
10:27 / 02.11.2024
In qurishga xomashyo, suzish uchun sol: yovvoyi tabiat plastikka qanday qilib moslashdi?
15:46 / 30.10.2024