Jamiyat | 07:46 / 23.09.2016
103338
1 daqiqa o‘qiladi

"Ochko‘zligi boshiga yetdi": ilon ohuni butunligicha yutib qiynoqlarda jon berdi

Hindistonning Gujarot shtati aholisi katta bo‘g‘ma ilonning "boshiga yetgan" o‘ljasini yutishining guvohi bo‘ldilar. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda. 

Ma'lum qilinishicha, ilon ohuga hujum qilib, uni kuchlarini to‘g‘ri baholay olmay butunligicha yutib yuborgan. Ilon xato qilganini tushungach, o‘z o‘ljasini tashqariga chiqarib tashlamoqchi bo‘lgan, biroq "yemish" juda katta bo‘lgani sabab buni qila olmagan. Ilon hattoki qimirlay ham olmagan. Ilon bir necha daqiqa tipirchilab, so‘ngra jon bergan.

Guvohlarning aytishicha, bu ularning hayotlarida ular ko‘rgan juda ayanchli va shu bilan birga juda qiziq holatlardan biri bo‘lgan. Mahalliy ekologlarning fikricha, bo‘g‘ma ilon ko‘plab ichki jarohatlar olganidan nobud bo‘lgan.

Mavzuga oid