O‘zbekistonda mustaqillik yillarida bolalar o‘limi 3,4 barobar kamaygani qayd etildi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasida oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda deputatlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, olimlar, ekspertlar va jurnalistlar ishtirok etdi. Bu haqda “Jahon” axborot agentligi xabar bermoqda.
Emlash orqali yuqumli kasalliklarning oldini olish bo‘yicha zamonaviy tizim shakllandi. Aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat bilan ta'minlash, ratsional ovqatlanish madaniyatini targ‘ib etish, oziq-ovqat mahsulotlarini foydali elementlar bilan boyitish, mikronutriyent tanqisligi tufayli kelib chiqadigan kasalliklarning oldini olish ishlari tizimli tashkil etilmoqda. Mamlakatimizda jahon tajribasida ilk bor homilador ayollarni tarkibida foydali mikroelementlari bo‘lgan polivitaminlar bilan bepul ta'minlash amaliyoti joriy etildi.
Bunday keng qamrovli ishlar natijasida mamlakatimizda mustaqillik yillarida onalar o‘limi 3,2 barobar, bolalar o‘limi 3,4 barobar kamaydi. Mamlakatimizda kamolga yetayotgan bolalarning to‘qson ikki foizi rivojlanish ko‘rsatkichlari bo‘yicha Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti standartlariga to‘la mos keladi.
Davra suhbatida mamlakatimizda oila, onalik va bolalikni muhofazalash, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, erishilayotgan natijalar, istiqboldagi vazifalarga oid ma'ruzalar tinglandi. Bu borada qabul qilingan qonunlarning mazmun-mohiyatini aholi orasida keng targ‘ib etish, ushbu sohadagi qonunchilikni yanada takomillashtirish xususida fikrlashildi.
Mavzuga oid
16:33 / 25.11.2024
O‘zbek ayollarini haqoratlagan turkiyalik stendapchi: unga qarshi Istanbul prokuraturasiga ariza topshirilgan
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024