O‘zbek ayollarini haqoratlagan turkiyalik stendapchi: unga qarshi Istanbul prokuraturasiga ariza topshirilgan
Turkiyada konservativ stendap ustasi sifatida tanilgan Ummuxon O‘zden o‘z chiqishida o‘zbek ayollarini haqoratlovchi hazil ishlatgani uchun keskin qoralanmoqda.
7 noyabr kuni o‘tkazilgan chiqishida u “men ipak kiprik qo‘ydirmayman, bo‘lmasa, o‘zbek fohishalariga o‘xshab qolaman” degan so‘zlarni aytgan.
Bunga javoban Turkiyada yashovchi o‘zbekistonliklar ijtimoiy tarmoqlarda keng munosabat bildirib, O‘zdendan uzr so‘rashni talab qildi. Xususan, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari #UzrSo‘ra shiori ostida kampaniya boshladi. Ular bunday kamsituvchi iboralarni san’at va hazil nomi bilan oqlab bo‘lmasligini ta’kidladi.
Facebook’dagi Özbekistan Haber sahifasiga joylangan postda aytilishicha, Turkiyadagi o‘zbekistonliklar nomidan sotsiolog olima Dilorom Hamroyeva Istanbul prokuraturasiga Ummuxon O‘zden ustidan shikoyat kiritgan.
Istanbuldagi O‘zbekiston bosh konsulxonasi ham vaziyatga munosabat bildirdi. Muassasa “Turkiya Respublikasi vakolatli idoralari bilan U.O‘zdenning xatti-harakatiga huquqiy baho berish yuzasidan tegishli ishlar amalga oshirilayotganini” ma’lum qildi.
Shu bilan birga, konsulxona bayonotida stendapchi tomonidan bildirilgan salbiy fikrlar “uning shaxsiy qarashlari” ekani ta’kidlangan va “ushbu holat ikki birodar xalq o‘rtasida oliy darajadagi do‘stlik hamda mustahkam hamkorlik aloqalariga ta’sir o‘tkazmasligiga” ishonch bildirilgan.
Keyinroq Turkiyadagi “O‘zbek ayollari huquqlari” jamiyati rahbari Ozoda Islomova Ummuxon O‘zden ustidan Istanbu Bosh prokuraturasiga ariza topshirganini e’lon qildi.
Mavzuga oid
00:45
Turkiya TIV rahbari Suriyaga qarshi sanksiyalarni tezroq bekor qilishga chaqirdi
17:52 / 17.12.2024
WSJ: AQSh Suriya chegarasida turk qo‘shinlari to‘planayotganidan xavotirda
18:39 / 14.12.2024
Turkiya AQShdan Gazprombankka qarshi sanksiyalarni yumshatishni so‘radi
18:23 / 09.12.2024