Jamiyat | 18:34 / 06.10.2016
9795
2 daqiqa o‘qiladi

AQShlik boshlovchi gaitilik bolalar o‘rmondagi daraxtlarni iste'mol qilishi haqida ma'lum qildi

Foto: Youtube videosidan kadr

Ob-havo ma'lumoti bilan tanishtiruvchi boshlovchi Jyen Delgado Amerikaning The Weather Channel telekanali efirida Gaitining o‘rmonsizlashuvi och-nahor bolalarning daraxtlarni yeyishi bilan bog‘liqligi haqida xabar qildi. Complex.com bu ma'lumotga diqqatni jalb qildi. 

Delgado mintaqaga yopirilgan "Mettyu" dovuli haqida so‘z yuritayotib, qo‘shni Dominikan Respublikasini tabiiy ofatdan o‘rmonlar himoya qilayotgani, Gaiti esa daraxtzorlar masalasida muammolarga duch kelayotganini  qayd etdi.

"Ular daraxtlarni qulatishadi, so‘ngra ularni yoqishadi. Shu darajada och bolalar borki, ular hatto daraxtlarni iste'mol qilishadi", - dedi boshlovchi. 

Ko‘plab siyosatchilar boshlovchining bu so‘zlarini tanqid ostiga olishdi, Gaitining sobiq bosh vaziri Loran Lamot ham shular jumlasidandir. Keyinroq kanal rahbari Devid Klark boshlovchining so‘zlari uchun uzr so‘radi.

Delgadoning o‘zi ham Facebook tarmog‘i orqali nojoiz so‘zlaridan chuqur afsusda ekanligi va buning uchun uzr so‘rashini aytgan. U Gaiti aholisi duch kelayotgan og‘ir sharoitga e'tibor qaratmoqchi bo‘lganini ma'lum qildi.


 

Mavzuga oid