Jahon | 00:11 / 09.10.2016
15240
1 daqiqa o‘qiladi
Yaman poytaxtida o‘tayotgan dafn marosimiga berilgan zarba oqibatida shahar meri halok bo‘ldi
Yaman poytaxti Sano meri Abdulqodir Hilol Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya samolyotlarining dafn marosimi o‘tayotgan binoga zarba berishi oqibatida halok bo‘ldi.
The New York Times nashri xabar berishicha, bu haqda rasmiy manbalar ma'lum qilgan.
Asosan isyonchi xusiychilar tomonidan nazorat qilinuvchi poytaxtda isyonchilar hukumatining ichki ishlar vaziri otasining dafn marosimi bo‘lib o‘tayotgan bo‘lgan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni 155 kishiga yetgan, jarohatlanganlar soni esa 500 dan oshib ketgan.
Mavzuga oid
22:15 / 26.12.2024
Isroil aviatsiyasi Yaman poytaxti aeroportiga zarba berdi
15:21 / 26.12.2024
Isroil HHK qo‘mondoni Yamandagi husiychilarga hujumlarni kuchaytirish bilan tahdid qildi
15:56 / 22.12.2024
Amerikalik harbiylar Qizil dengiz ustida o‘z qiruvchisini urib tushirdi
18:08 / 19.12.2024