Jamiyat | 10:57 / 09.10.2016
77017
1 daqiqa o‘qiladi

Lola Karimova Tillayeva otasi qabrini ziyorat qilishi chog‘ida ro‘y bergan holat haqida yozdi

Foto: Instagram/ @lola_tillyaeva

Tatyana Karimova, Lola Karimova-Tillayeva va uning turmush o‘rtog‘i Temur Tillayev 8 oktabr kuni Samarqand shahrida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Bu haqda Lola Karimova Tillayeva Instagram’dagi sahifasida yozgan.

U ziyorat davomida yuz bergan holat haqida hikoya qilgan.

«Bugun turmush o‘rtog‘im va onajonim bilan birgalikda rahmatli otamning qabrlarini ziyorat qildik. O‘sha damlarda qalbimizdan kechgan hissiyotlarni so‘z bilan ifodalash qiyindir. Qo‘limdagi gulga kelib qo‘ngan oq kapalakni biz dadamlarning u dunyolari obod ekanligining ramzi deya qabul etdik. Qayerda bo‘lmayin, ular hamisha qalbimdalar», — deya izoh qoldirgan Lola Karimova Tillayeva.

Mavzuga oid