O‘zi bog‘ichlanuvchi Nike krossovkalari katta pulga sotildi
O‘zi bog‘ichlanuvchi Nike Mag krossovkasi Gonkongdagi auksionda 104 ming dollarga sotildi. Bu haqda The Mashable nashri xabar bermoqda.
Xaridor nomi ma'lum qilinmagan. Olingan mablag‘lardan bir qismi Parkinson kasalligini o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi J. Fox Foundation (MJFF) jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
Mashhur "Kelajakka qaytish" filmidagi o‘zi bog‘ichlanuvchi krossovkalarga o‘xshash ishlangan Nike Mag sentabr oxirida rasman taqdim qilingandi. Undagi maxsus texnologiya tortiluvchi bog‘ichlar krossovka egasining harakatlariga moslashish uchun ularga individual ravishda javob berib, krossovkaning qulay kiyib yurilishiga imkon beradi.
Krossovkalar savdoda kuz oxirida paydo bo‘ladi.
Nike kompaniyasiga 1964 yilda AQShda asos solingan va dastlab Blue Ribbon Sports deb atalgan. Uning bosh qarorgohi Oregon shtatidagi Biverton shahrida joylashgan.
Mavzuga oid
19:59 / 18.12.2024
Toshkentda yo‘lbo‘yi avtoturargohlarini tashkil etish uchun boshqa kompaniya tanlandi
01:13 / 21.11.2024
Belgiyalik rassomning «Yorug‘lik imperiyasi» turkumiga kiruvchi kartinasi 121,2 mln dollarga sotildi
18:43 / 16.08.2024
Toshkentda AQSh elchixonasi eski xizmat avtomobillari auksioni qoldirildi
11:29 / 14.08.2024