So‘nggi 20 yildagi eng halokatli tabiiy ofat qaysi ekanligini bilasizmi?
1996 yildan 2015 yilga qadar dunyoda 1,35 million kishi halok bo‘ldi. Bu haqida BMTning Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish idorasi (UNISDR) va Belgiya Halokatlar epidimiologiyasi tadqiqot markazining (CRED) hisobotida ma'lum qilindi.
Tadqiqot mualliflarining so‘zlariga ko‘ra, 1996 yildan 2015 yilgacha 7056 tabiiy ofat qayd qilingan. Ularning ta'kidlashicha, zilzila, sunami va vulqon kabi "geofizik ofatlar" soni deyarli avvalgi o‘n yilliklardagidek saqlanib qolgan. Iqlim va ob-havo bilan bog‘liq ofatlar (suv toshqinlari, bo‘ron, issiqlik to‘lqinlari) soni esa ikki barobardan ko‘proq oshgan (ya'ni 3017dan 6392gacha).
"So‘nggi 20 yil ichida tabiiy ofatlar natijasida halok bo‘lgan 1,35 million kishining yarmidan ko‘pi zilzila qurboni bo‘lgan, qolgani esa iqlim va ob-havo bilan bog‘liq halokat ta'siri ostida halok bo‘lgan", - deyiladi hisobotda.
Oxirgi 20 yil ichidagi eng ko‘p inson hayotiga zomin bo‘lgan tabiiy ofat 2010 yilda Gaitida ro‘y bergan zilziladir, u 229 699 nafar kishining o‘limiga sabab bo‘ldi. Qurbonlar soni bo‘yicha birinchi uchlikka 2004 yilda Indoneziyada kuzatilgan yer silkinishi va sunami (qurbonlar soni - 182 136), shuningdek 2008 yilda Myanmada bo‘lib o‘tgan "Nargis" tropik sikloni (139 515) ham kiritildi.
BMT bosh kotibi Pan Gi Mun bugun, 13 oktabrda Xalqaro halokatlar xavfini kamaytirish kuni nishonlanishi munosabati bilan dunyo hamjamiyatini "xavfni boshqarish"ga ko‘proq e'tibor qaratishga chaqirdi. Uning fikricha, qurbonlar sonini kamaytirish uchun ofatlarga "munosabat bildirish madaniyati"dan ularning oldini olishga o‘tish kerak.
Mavzuga oid
13:38
“Bolalar sovuqdan muzlayapti” – BMT vakillari qish falastinliklar hayotini yanada og‘irlashtirayotganini ma’lum qildi
11:15 / 12.12.2024
O‘zbekiston xalqaro majburiyatlarni bajarish doirasida 530 dan ortiq fuqarosini Yaqin Sharqdan qaytardi
18:38 / 11.12.2024
Markaziy Osiyoda odam savdosi ko‘rsatkichlari pasaymayapti – BMT
12:20 / 05.12.2024