O‘zbekiston | 13:00 / 17.10.2016
92409
8 daqiqa o‘qiladi

Davlat tashkilotlari xodimlari Toshkent shahri va viloyatida doimiy ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi 2016 yil 7 oktabr kuni «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatda turish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni qabul qildi. Hujjat, Toshkent shahri va poytaxt viloyatida doimiy propiskani yanada takomillashtirish maqsadida qabul qilingan, deya yozmoqda Uzdaily.uz sayti.

Mazkur qarorga muvofiq davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvidagi organlar, respublika miqyosidagi boshqa davlat tashkilotlari rahbarlari o‘z xodimlarining Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga doimiy ro‘yxatga o‘tishlarini so‘rab murojaat qilishlariga ruxsat beriladi.  

Qarorga ilova qilingan ro‘yxatda jami 59 tashkilot va kompaniyalar nomi keltirilgan. Prezident Apparati, Vazirlar Mahkamasi, Konstitutsion sud, Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi, Bosh prokuratura, MXX, Markaziy bank, vazirliklar va davlat qo‘mitalari, Toshkent shahri va viloyati hokimliklari, davlat ulushiga ega bo‘lgan kompaniyalar shular jumlasidan. 

Xususan, «O‘zbekneftegaz» MXK, «O‘zbekenergo» AJ, «O‘zkimyosanoat» AJ, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ, «O‘zavtosanoat» AK va boshqalarning xodimlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘lishlari mumkin. 

1.    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Apparati. 
2.    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari. 
3.    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. 
4.    O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsion sudi. 
5.    O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi. 
6.    O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi. 
7.    O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi. 
8.    O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati. 
9.    Markaziy saylov komissiyasi. 
10.    O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. 
11.    O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi. 
12.    Toshkent shahri hokimiyati. 
13.    Toshkent  viloyati hokimiyati. 
14.    O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi. 
15.    O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. 
16.    O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi. 
17.    O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi. 
18.    O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi. 
19.    O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi. 
20.    O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi. 
21.    O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi. 
22.    O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi. 
23.    O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
24.    O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi. 
25.    O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi. 
26.    O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. 
27.    O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi. 
28.    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi. 
29.    O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. 
30.    O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi. 
31.    O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi.
32.    O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi. 
33.    O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi. 
34.    O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi. 
35.    O‘zbekiston Respublikasi Arxitektura va qurilish qo‘mitasi. 
36.    O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi. 
37.    O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi. 
38.    O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi («O‘zstandart»). 
39.    «O‘zkommunxizmat» agentligi. 
40.    O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi. 
41.    O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi. 
42.    «O‘zarxiv» agentligi. 
43.    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi. 
44.    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita. 
45.    O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi. 
46.    O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi. 
47.    «O‘zbekneftegaz» milliy holding kompaniyasi. 
48.    «O‘zbekenergo» aksionerlik jamiyati. 
49.    «O‘zkimyosanoat» aksionerlik jamiyati. 
50.    «O‘zbekiston temir yullari» aksionerlik jamiyati. 
51.    «O‘zdonmahsulot» aksionerlik kompaniyasi. 
52.    «O‘zavtosanoat» aksionerlik kompaniyasi. 
53.    «O‘zpaxtasanoateksport» holding kompaniyasi. 
54.    «O‘zbekoziqovqatholding» holding kompaniyasi.
55.    «O‘zavtoyo‘l» Davlat aksionerlik kompaniyasi. 
56.    «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi.
57.    O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi. 
58.    O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi. 
59.    «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksionerlik jamiyati.

Mavzuga oid