Fan-texnika | 08:25 / 18.10.2016
5674
1 daqiqa o‘qiladi

Cygnus orbitaga muvaffaqiyatli ko‘tarildi

Foto: NASA

Cygnus transport yuk fazo kemasi belgilangan orbitaga yetdi, deb xabar qilmoqda NASA agentligi. U, Rossiyaning RD-181 dvigateli o‘rnatilgan Antares raketa-tashuvchisi yordamida havoga ko‘tarilgan edi. 

TASS ma'lumotlariga ko‘ra, Cygnus 23 oktabrgacha orbitada bo‘lib turadi, shundan so‘ng Xalqaro Kosmik Stantsiyasiga ulanadi. 

Yuk fazo kemasi XKSga 2,3 tonna yuk, jumladan suv, sarf qilinuvchi materiallar va ilmiy texnikalarni olib boradi. Bundan tashqari, Yer ob-havosini kuzatish maqsadida mitta sun'iy yo‘ldoshlarni fazo kengliklariga chiqarishda qo‘l keladigan uskunalar ham yetkaziladi. 

 

Mavzuga oid