Jahon | 17:27 / 18.10.2016
10733
1 daqiqa o‘qiladi

Lavrov: IShID jangarilari Mo‘suldan Suriyaga o‘tishi mumkin

Foto: AFP

IShID terrorchilik guruhi jangarilari Iroqning Mo‘sul shahridan Suriya hududiga o‘tib ketishi xavfi bor. Bu haqida RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma'lum qildi

Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva jangarilarning Mo‘suldan Suriyaga o‘tish xavfi bilan bog‘liq vaziyatni baholamoqda. 

"Biz bu operatsiyani kuzatyapmiz, albatta. Zero barchamiz IShIDni mag‘lub etishdan manffatdormiz", - dedi Lavrov. 

U AQSh boshqaruvi ostidagi xalqaro koalitsiyaning ham bu masalaga e'tibor qaratishiga umid bildirdi. "Bilishimcha, shahar to‘liq o‘rab olinmagan. Bunga nima sababligini bilmayman - ehtimol, bunga xohish yo‘qligi emas, shunchaki uddasidan chiqa olmaganlik sabab bo‘lgandir", - deya qo‘shimcha qildi RF TIV rahbari. 

Mavzuga oid