Semizlik aqli zaiflik bilan bog‘liq bo‘lib chiqdi
Amerikalik tadqiqotchilar ortiqcha vazn keksa kishilarning aqliy salohiyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkinligini aniqlashdi. Bunda shamollash jarayonlari asosiy rol o‘ynaydi. Arizona universiteti saytida chop etilgan matbuot relizida olimlarning xulosalari qisqacha maqola ko‘rinishida berilgan.
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, tana massasi indeksi (TMI) qanchalik baland bo‘lsa, asab tizimidagi shamollash jarayoni shunchalik kuchli bo‘ladi. Semizlikdan aziyat chekuvchi kishilarning xotirasi buzilishi, diqqatni jamlay olmasligi va aqliy salohiyatining kamayishi ana shu omil bilan izohlanadi.
Olimlar 12 yil olib borilgan tadqiqot natijalarini tahlil qilib chiqishdi. Tadqiqotning maqsadi - Buyuk Britaniya keksa yoshli aholisining salomatlik darajasi, turmush farovonligi hamda iqtisodiy sharoitlarini o‘rganishdan iborat bo‘lgan. Mutaxassislar ikkita alohida guruhda izlanish olib borishdi. Ularning bir guruhi tarkibiga 9 ming kishi, boshqasiga esa 12,5 ming kishi kirgan. Har bir guruh ishtirokchilarining qarish jarayoni 6 yil davomida kuzatilgan. Bunda ishtirokchilarning TMI, organizmdagi yallig‘lanish darajasi va aqliy salohiyatlari baholangan.
Ma'lum bo‘lishicha, TMI S-reaktiv oqsil (qon plazmasi oqsili) funksiyasiga ta'sir ko‘rsatar hamda uning shamollashdagi rolini kuchaytirar ekan. Bu molekula (butun organizmni qamrab oluvchi) tizimli patalogik jarayonlarning markeri hisoblanadi.
Olimlar ular tomonidan aniqlangan o‘zaro aloqa sabab emas, natija ekanligini aytib ogohlantirishmoqda.
Mavzuga oid
11:19 / 24.12.2024
Atigi ming qadam yurish depressiya xavfini kamaytirishi mumkin – tadqiqot
12:59 / 18.12.2024
Olimlar Marsda suv topish ehtimolini baholadi
16:31 / 16.12.2024
Ukol o‘rniga krem: qoqsholga qarshi yangi turdagi vaksina yaratildi
17:34 / 10.12.2024