Jamiyat | 14:56 / 21.10.2016
27668
2 daqiqa o‘qiladi

Hammaning o‘z tabiati bor: eng ma'quli o‘zingnikidir...

Bir yoshi ulug‘ donishmand daryo bo‘yida o‘tirib, atrofidagi go‘zal manzara haqida fikr yuritar, nimalarnidir xayol qilardi. To‘satdan suvga tushib ketib, undan xalos bo‘lishga harakat qilayotgan chayonga ko‘zi tushdi. 

Donishmand uni qutqarishga qaror qilib, qo‘lini uzatgan edi, qo‘lini chaqib oldi. Og‘riqning qattiqligidan qo‘lini tortib oldi. Lekin bir daqiqa ham o‘tmasdan qariya chayonni qutqarish uchun yana qo‘lini cho‘zgan edi, chayon yana chaqdi. Birozdan so‘ng qariya uchinchi bor qo‘lini uzatdi.

Uning bu harakatlarini kuzatib turgan bir odam:

“Ey inson! Birinchi marotabada ham, ikkinchi marotabada ham xulosa chiqarmadingizmi? Nima sababdan yana uchinchi bor harakat qilyapsiz?!”, dedi. 

Donishmand uning ogohlantirishiga e'tibor bermay, harakat qilib chayonni qutqarishga muvaffaq bo‘ldi. So‘ng haligi kishi tomon bordi va yelkasiga qo‘lini asta qo‘yib muloyimlik bilan: 

“Ey bolam! Chayonning tabiati - chaqish. Mening tabiatim - muloyimlik bilan rahm-shafqat qilish. Nima uchun uning tabiati mening tabiatimdan g‘olib bo‘lishiga yo‘l qo‘yishim kerak ekan”, dedi.

Ha, aziz inson. Insonlarga o‘z tabiatingiz bilan muomala qiling, ularning tabiati bilan emas. Sizlarga ba'zi hollarda qanchalar ozor bermasinlar, o‘z tabiatingiz asosida muomala etishda davomli bo‘ling.

Mehrob.uz saytidan olindi

Mavzuga oid