Jahon | 14:40 / 22.10.2016
6623
1 daqiqa o‘qiladi
AQSh Davlat departamenti amerikaliklarni Efiopiyaga bormaslikka chaqirdi
AQSh Davlat departamenti mamlakat fuqarolarini Efiopiyadagi tartibsizliklar sababli, ushbu mamlakatga safar qilishdan saqlanib turishga chaqirdi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.
«Davlat departamenti amerikaliklarni, yuzlab insonlarning o‘limi va minglab kishilarning hibsga olinishiga olib kelgan tartibsizliklar tufayli Efiopiyaga safar qilmaslikka chaqiradi», — deyiladi xabarda.
Efiopiya hukumati mamlakatda davom etayotgan norozilik namoyishlari tufayli favqulodda holat tartibini joriy qilgan edi.
Mavzuga oid
17:40
Bayden 2025 yil uchun rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini tasdiqladi
17:05
AQShda so‘nggi 4 yilda 749 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
16:18
“Kanalni savol-javobsiz qaytarib olamiz” – Tramp Panamaga tahdid qildi
15:04