Jahon | 21:00 / 23.10.2016
14533
2 daqiqa o‘qiladi

"Titanik" kemasidagi qutichaning kaliti 104 ming dollarga sotildi

Foto: © AP

1912 yilda cho‘kib ketgan mashhur va mash'um "Titanik" kemasidagi qutining zang bosgan kaliti Henry Aldridge & Son auksionida 104 ming dollarga (84 ming funt sterling) sotildi, deb xabar bermoqda Assoshieyted Press axborot agentligi. 

Quti raqami o‘yib tushirilgan misdan ishlangan yorliqchaga ega bo‘lgan kalit kemadagi 23 yoshli styuard Sidni Sedyunari jasadi yonida topilgan. Kalit 50 ming funt sterlingga sotilishi kutilgandi.

Sedyunari jasadi yonida topilgan buyumlar uning Sautgemptondagi homilador rafiqasiga jo‘natilgan. Keyinroq Sedyunari o‘g‘lining istagi bilan ba'zi buyumlar Sautgempton kemasozlik muzeyiga topshirilgan, biroq kalit Sedyunari o‘g‘li oilasida qolgan. 1981 yilda kalit Sedyunari qarindoshlaridan biri bilan Avstraliyaga tushgan. 

Auktsion uy mutaxassislari kalitni "noyob" lot deb atashgan. Ularning fikricha, bu kalit, shuningdek, Sedyunari "kema cho‘kib ketgan mash'um kechada kema suv ostiga g‘arq bo‘layotganiga qaramasdan, o‘z ishini bajarishda davom etganining isboti" hisoblanadi.

 

Mavzuga oid