Jahon | 15:04 / 25.10.2016
14356
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyalik rassom Yaqin Sharqning “Ozodlik haykali”ni yaratdi

Foto: Twitter/ianbremmer

22 oktabrda Suriyaning Halab shahrida Amerikadagi “Ozodlik haykali”ning muqobili paydo bo‘ldi. Bu haqida Le Figaro nashri xabar berdi. 

Shag‘aldan yasalgan “Ozodlik haykali” yarim vayrona shahar uzra qad ko‘tarib turibdi. So‘nggi bir necha kun ichida u Suriyadagi xaosning tugashiga ishonuvchi barcha kishilar uchun umid timsoliga aylandi. 

Suriyalik musavvir Tamam Azzam mehnat mahsulining ilk suratlari ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgach, yangilik butun dunyo bo‘ylab tarqala boshladi. 

Manbaga ko‘ra, Azzam 2011 yildan buyon Dubayda yashaydi. Suriya inqirozi nafaqat uning hayotiga, balki ijodiga ham qattiq ta'sir qilgan. U G‘arb durdonalari va milliy jihatlarni uyg‘unlashtirib, Yaqin Sharqqa raqamli san'atni olib kirgan ilk rassom hisoblana boshlandi. 

Mavzuga oid