Jahon | 15:55 / 28.10.2016
6105
1 daqiqa o‘qiladi
Xitoy milliy aviatashuvchi kemasining korpusini qurib bitkazdi
Xitoyda milliy kemasozlar tomonidan birinchi harbiy aviatashuvchi kemaning korpusini barpo etish ishlari poyoniga yetdi. Bu haqda XXR mudofaa vazirligi vakillariga tayangan holda South China Morning Post gazetasi yozmoqda.
Xitoy xalq ozodlik armiyasi tarkibida ikkinchi shu toifadagi kema bo‘ladigan aviatashuvchi Dalyanda barpo etilmoqda. U rejaga binoan, 2019 yilda foydalanishga topshiriladi.
Harbiy ma'muriyat vakillari kemaning texnik jihatlariga batafsil to‘xtalmagan bo‘lsa-da, istiqbolli aviatashuvchi avvalroq, Xitoy harbiy-dengiz kuchlari safiga qabul qilingan «Lyaonin» avianosetsiga o‘xshab ketadi. Uning qurilish ishlari 2015 yil dekabrida boshlangan edi.
Mavzuga oid
13:23 / 19.11.2024
Germaniya TIV rahbari XXRni RFga harbiy yordam bermaslik haqida ogohlantirdi
23:37 / 13.10.2024
Tayvan Xitoy aviatashuvchisi sabab o‘z qo‘shinlarini jangovar shay holatga keltirdi
14:00 / 02.01.2024
AQSh O‘rta Yer dengizi sharqidan aviatashuvchi kemasini olib chiqib ketyapti
15:08 / 14.10.2023