O‘zbekiston | 00:18 / 29.10.2016
19763
1 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda yangi gaz konlari ochildi

"O‘zbekgeofizika" AJning "Ustyurt geofizik ekspeditsiyasi" filiali tomonidan sermashaqqat qidiruv ishlaridan keyin "Tillali", "Sayhun", "Inom" va "Arislan" yangi gaz konlari ochildi. Bu yerda har kuni o‘rtacha 45 ming kub metr gaz qazib olinmoqda.

Bu haqda Qoraqalpog‘iston vazirlar kengashi matbuot kotibi Yesimxan Kanaatov ma'lum qildi. 

Uning aytishicha, xorijiy kompaniyalar bilan hakmorlikda mintaqada tabiiy gazning istiqbolli konlari ochilgan. 

Ustyurt platosi, Sudovshin va Taldiq botiqlarida "Ustyurt va Orol dengizi atrofidagi geofizik ishlarni o‘tkazishni kuchaytirish" dasturiga muvofiq seysmik-qidiruv ishlari olib borilmoqda. "Jyel", "G‘arbiy Orol" kabi gaz zaxiralariga boy konlar ochildi", deb ma'lum qildi Kanaatov.

 

Mavzuga oid