Fan-texnika | 22:51 / 29.10.2016
8380
4 daqiqa o‘qiladi

Oktyabr oyining avtomobillar ishtirokidagi eng qiziqarli videoroliklari

Quyida diqqatingizga havola etiladigan videoroliklarda avtomobillar ishtirokidagi eng yaxshi reklama roliklari va drift-videolar jamlangan. "Motor" nashri taqdim etgan qiziqarli videolarda dovon oshib o‘tayotgan kishi, poyabzal sotuvchisining qoyaga ko‘tarilishi, avtoturargohdagi qiziqarli holat, olimning quyonni oziqlantirishi va ko‘plab boshqa qiziqarli voqealar aks ettirilgan. 

Dovon osha

Yangi Zelandiyada yashovchi poygachi Mayk Uiddett tomonidan taqdim etilgan bu rolikda u o‘zining RX-8 "Mazda"sida Janubiy Afrikadagi Franshxuk dovonini zabt etayotganini ko‘rishingiz mumkin. 

G‘aroyib drift-kar

Avstraliyaliklar V8 motori bilan ta'minlangan Holden VF Commodore poyga mashinasini qayta ta'mirlab, uni g‘aroyib drift-karga aylantirishdi. Avtomobilning g‘aldirak arkalarini kengaytirishdi, katta shinalar va double aksilqanotlar o‘rnatishdi, qo‘l tormozini esa boshqaruv ruliga yaqin joyga ko‘chirishdi. 

Climbkhana

Hozircha bu faqat tizer, lekin u yaxshigina taassurot qoldirishi, shubhasiz. Kenu Blok yangi roliklar seriyasini suratga olishga qaror qildi va unga "Climbkhana" deya nom berdi. Yangi siklning ilk tomoshasi Payks Pik tog‘ida bo‘lib o‘tadi. Video 2017 yilning yozida paydo bo‘ladi, unda V8 tvin-turboli 1400-kuchga ega Ford Mustang bosh qahramon sifatida ishtirok etadi. 

Poyonsiz drift

Amerikalik driftchi kenja Von Gittin Katalunya-Montmelodagi Formula-1 trassasida to‘xtovsiz harakatlanmoqda. Avtomobil — sakkiz silindrli 7.1 dvigatelli 900-kuchli Ford Mustang.

Tutun va tuproq

Bir vaqtning o‘zida harakatlanayotgan ko‘plab avtomobillar tasvirlangan ajoyib rolik. Video Kaliforniyaning qum tepaliklar orasida joylashgan tor  Grange Motor Circuit'ida tasvirga tushirilgan. 

Broyal

Ken Blokning Hoonigan jamoasi ajoyib video tayyorladi. Rolikda muallif hamda uning  Jastin Okondo va  Rayan Kibbadan iborat jamoasi BiJyey Bolduinning Kris Forsberg va Dastin Jonsomdan iborat jamoasi bilan bellashadi. Turli lokatsiyalar va tezkor poygalar - sizga yoqishi aniq. 

Audi RS7. Kurash

Audi bu rolikni AQShdagi prezidentlik debatlariga bag‘ishladi. Agar saylovlar haqiqatdan shunday ruhda o‘tadigan bo‘lsa, ularni bajonidil kuzatamiz. 

Volkswagen Tiguan. Tulporlar

"Toyota"dagi yigitga odamning rahmi keladi hatto. O‘zlari buning uddasidan chiqishga urinib ko‘rishsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi. 

Porsche Panamera. Jamoa

Aftidan, bu rolikda Porsche Panamera'ning asosiy komplektatsiyasi ko‘rsatilmagan. 

Toyota. Bollivud

Ushbu reklama to‘liq hindcha bo‘lishi uchun finalda rul qarshisida raqsga tushuvchi raja yetishmaydi. Maxsus effektlar esa hoziru nozir!

Audi A4 allroad. Shahar atrofi

Bu yerda asfalt yo‘qligi ayni muddao .

Valeo. Daho

Faqat bizga shunday tuyulyaptimi yoki bu reklamadagi mashina undagi qahramon kabi u qadar aqlli emasmi? 

Mitsubishi L200 Triton Sport. Vaqtlar oralab

Biz ko‘rgan videolar ichida eng tushunarsiz va bema'ni videorolik bo‘lsa kerak. Biroq, juda chiroyli!

Bonus. BMW. The Escape

Nihoyat, BMW o‘zining bebaho modellarini ishlab chiqarishga qaytdi! Yangi "beshlik", Klayv Ouen, "9-daha" rejissyori va qulayotgan vertolyot. Bundan ortig‘i haqida orzu qilib bo‘ladimi?!

 

Mavzuga oid