Jamiyat | 11:36 / 30.10.2016
38257
2 daqiqa o‘qiladi

Dubayda dunyodagi eng baland minoraning poydevorini qurish marosimi bo‘lib o‘tdi

Foto: russianemirates.com

Dubaydagi eng baland minora The Tower'ning qurilish joyida poydevor boshlash marosimi o‘tkazildi. The Tower minorasi quriladigan Dubai Creek Harbour hududida o‘tkazilgan marosimda BAA bosh vaziri shayx Muhammad bin Rashid Al Maktum ham ishtirok etdi.

“Yangi minora inson arxitekturasi tarixida yangi bosqichni belgilab beradi: BAA yetakchi o‘ringa loyiq bo‘lgan poygani”, — dedi Shayx Muhammad marosimdan so‘ng.

U The Tower minorasini shaharning yangi yuragi va jahon miqyosidagi qadamjo deb atadi.

“Insoniyatda o‘z tasavvuridan bo‘lak hech qanday cheklov va chegaralar yo‘q”, — deya qayd etdi u.

Minora tijorat va madaniyat o‘chog‘i bo‘lgan Dubai Creek Harbour markaziga aylanadi, uning qurilishiga Emaar Properties javobgardir. The Tower ichida balkonli va tomosha maydonlariga ega mehmonxona bo‘ladi.

Shayx Muhammad tanlagan loyiha ispan-shveysar arxitektor Santyago Kalatrav Vals tomonidan ishlab chiqilgan. Uning boshqa taniqli ishlari orasida Nyu-Yorkdagi butunjahon savdo markazi, Kanada jahon ko‘prigi, Afinadagi Olimpiya sport majmuasi va Daniyaning Turning Torso minorasi bor.

Minora dizaynini yaratishda nilufarguldan ilhom olingan.

Mavzuga oid