Fan-texnika | 22:39 / 31.10.2016
9820
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoylik ayol 20 ta iPhone 7’ni sotib, puliga uy sotib oldi

Foto: Reuters

Xitoyning Shenchjen shahrida yashovchi ayol yaqin aloqalarda bo‘lgan 20 nafar erkakdan oxirgi modeldagi ayfon sovg‘a qilishni so‘ragan. U ayfonlarni sotib, puliga uy sotib olmoqchi bo‘lgan, deb xabar bermoqda xorijiy OAV.

Ayol sovg‘alarni qo‘lga kiritgach, barcha 20 ta telefonni Xitoy onlayn-do‘konida sotgan va 120 ming yuan ishlab olgan. U bu pulga shahar tashqarisidagi uy uchun birinchi to‘lovni amalga oshirgan.

Ma'lum qilinishicha, internetda ayolning bu ishi turlicha baholanmoqda: kimdir uning bu ishini axloqsizlik deb qoralamoqda va ayolning aldangan xushtorlariga achinmoqda, kimdir esa uning bu "zukkoligiga" tahsin aytmoqda.
 

Mavzuga oid