Jahon | 18:42 / 01.11.2016
5448
2 daqiqa o‘qiladi

BMT Halabdagi barcha tomonlar harakatini harbiy jinoyatlar deb baholashi mumkin

Foto: RIA

Halabni muxolifat kuchlari va hukumat kuchlari tomonidan o‘qqa tutish birdek harbiy jinoyatlar sifatida baholanishi mumkin. Buning uchun ushbu zarbalarning qasddan amalga oshirilgani isbotlanishi kerak, degan BMT inson huquqlari Oliy komissarligi boshqarmasi matbuot kotibi Ravina Shamdasaniy.

"Dam olish kunlarida g‘arbiy Halab tumanlaridagi tinch aholi turarjoylariga muxolifat zarba berishni kuchaytirgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Bunda, minomyotlar, raketa va boshqa turdagi portlovchi qurollardan foydalanilgan. Bizdagi ma'lumotlarga ko‘ra, 30dan ortiq tinch aholi vakili qurbon bo‘lgan, ularning kamida 10 nafari bolalardir", — degan Shamdasaniy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, "bir milliondan ortiq inson istiqomat qiladigan hududlarda og‘ir jangovar qurollar va xavfli portlovchi vositalardan foydalanish, xalqaro huquq me'yorlariga ko‘ra, harbiy jinoyatlar sifatida baholanishi mumkin". 

Hozircha, BMT Oliy komissarligi boshqarmasi mazkur hujumlarni muxolifatning qaysi guruhlari amalga oshirgani borasida aniq dalilga ega emas. 

Shamdasaniyning qo‘shimcha qilishicha, hukumat kuchlari ham sharqiy Halabga zarba berishda davom etmoqda. Buning oqibatida 12 kishi, jumladan 2 nafar bola halok bo‘lgan. 


 

Mavzuga oid