Turkmaniston prezidenti Putinning so‘nggi sammitdagi so‘zlarini eslatib o‘tdi
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinni 26-27 noyabr kunlari Turkmanistonda BMT shafeligida bo‘lib o‘tadigan transport bo‘yicha global konferensiyada ishtirok etish uchun taklif qildi. Bu haqida RIA "Novosti" xabar berdi.
"Dunyoda ro‘y berayotgan voqealarga iqtisodiy vaziyatdan kelib chiqib qaraydigan bo‘lsak, ehtimol, raqamlardagi ko‘rsatkichlarimiz biroz tushgandir, lekin so‘nggi yillarda biz muvozanatni (eksport-import) yaxshi saqlab turibmiz", - dedi Turkmaniston prezidenti Putin bilan uchrashuvi chog‘ida.
U hukumatlararo komissiya ishi katta ahamiyatga ega ekanligini ta'kidladi. "Sizda ham, bizda ham imkoniyatlar ko‘p. Men hatto yodingizga solmoqchiman — Astraxandagi oxirgi uchrashuvimiz yodingizdami — iqtisodiy forum tuzish yoki logistika markazi yaratish g‘oyasi paydo bo‘lgandi. Fikrimcha, siz ham transport va tranzit koridorlarni rivojlantirishga juda katta e'tibor qaratasiz", - dedi Berdimuhammedov.
U Putin ushbu g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlaganini yodga soldi va bu masala ikki mamlakatning iqtisodiy tuzilmalari rivojida muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidladi. "Fursatdan foydalanib, sizni 26-27 noyabr Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida o‘tkaziladigan global konferensiyaga taklif qilaman", - dedi Turkmaniston prezidenti.
Bundan tashqari, Turkmaniston prezidentining so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat olimlari qishloq xo‘jaligi sohasida ham hamkorlik qilib kelishadi. "So‘nggi 5 yil davomida biz nafaqat o‘z mamlakatmizni yaxshi hosil bilan ta'minlayapmiz, balki ularning eksportini ham yo‘lga qo‘ydik. Bunday misollar ko‘p. Fursatdan foydalanib, keyingi yil Ashxabodda ilmiy-texnologik forum o‘tkazishni taklif qilaman", - dedi u.
O‘z navbatida, RF prezidenti Vladimir Putin takliflar uchun minnatdorchilik bildirdi va ularni ko‘rib chiqishga va'da berdi. Yuqorida tilga olingan sohalar nafaqat Turkmaniston, balki Rossiya uchun ham muhim ekanligini ta'kidladi.
Mavzuga oid
20:16
WP: Bayden Putinga «xayrlashuv zarbasi» - Rossiya energetikasiga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda
20:13
Rossiyada jazo o‘tayotgan O‘zbekiston fuqarolarining voyaga yetmagan farzandlari vatanga qaytarildi
18:22
Rossiyadagi migrant bolalarga rus tili imtihoni qachondan boshlanishi belgilandi
16:28