Jahon | 16:59 / 07.11.2016
18087
2 daqiqa o‘qiladi

IShID yetakchisi Mo‘suldan qochib ketdi

Foto: «RIA Novosti»

Iroq armiyasi IShID terrorchilik guruhi rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiyning Mo‘suldan qochib ketgani haqida ma'lum qildi.

Bundan oldinroq Mo‘sulga hujum davomida IShIDning 2 mingdan oshiq jangarisi yo‘q qilingani haqida xabar berilgandi.

"Razvedkadagi manba tasdiqladiki, Abu Bakr al-Bag‘dodiy oila a'zolari va yaqinlaridan iborat 150 kishilik guruh bilan Mo‘suldan chiqib ketib, aviazarbalardan qochib qolgan", degan Iroq harbiy kuchlaridagi manba.

Bundan oldinroq jangarilar yetakchisi Mo‘sul mudofaasi uchun birlashishga chaqirib, chiqish qilgandi. U Turkiya tomon tahdid qilib, bu mamlakatni "IShID faoliyatini davom ettiradigan" mamlakat sifatida nomlagandi.

Abu Bakr al-Bag‘dodiy (haqiqiy ismi Ibrohim Avad Ibrohim al-Badri) 2014 yilning iyunidan buyon IShIDga rahbarlik qilib kelmoqda. OAVda bir necha marta uning o‘limi haqida xabarlar berilgandi, lekin hech biri tasdiqlanmagan.

Iroq hukumati armiyasi va kurdlarning harbiylashgan bo‘linmalari 17 oktabr kuni Mo‘sulni ozod etish uchun keng ko‘lamli harbiy amaliyot boshladi. Ularni AQSh boshchiligidagi koalitsiya qo‘llab-quvvatlamoqda. Shu soatlarda Iroq armiyasi bo‘linmalari Mo‘suldan 17 km masofadagi Baashika shahrini egalladi.

Mavzuga oid