Jahon | 00:43 / 21.12.2017
19437
2 daqiqa o‘qiladi

Mo‘sulni ozod qilish vaqtida halok bo‘lgan tinch aholining haqiqiy soni ma'lum qilindi

Foto: YeRA

Iroqning Mo‘sul shahrini IShID jangarilaridan ozod qilish uchun kechgan 9 oylik operatsiya davomida 9 mingdan 11 minggacha tinch aholi vakillari halok bo‘lgan. Bu haqda AR axborot agentligi xabar bermoqda. 

AR jurnalistlari tomonidan o‘tkazilgan maxsus tergovda operatsiya vaqtida halok bo‘lgan fuqarolar soni avval taxmin qilinganidan 10 barobar ko‘proqni tashkil qilishi aytilgan.

Bu yangi raqamlarni na AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya, na Iroq hukumati tan olmoqda.

Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Iroq harbiylari va xalqaro koalitsiya 2016 yil oktabridan 2017 yil iyuligacha bo‘lgan davr ichida 3,2 ming fuqaroning o‘limida aybdordir. Xalqaro koalitsiya esa faqatgina 326 fuqaroning o‘limi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan.   

Bundan tashqari, yana 3 mingdan ko‘proq kishi jangarilar harakatlari oqibatida halok bo‘lgan.

“Bu odamlar aynan qanday o‘lganlarini va IShID bunda katta rol o‘ynaganini tushunish bunga o‘xshash hodisa yuz beradigan keyingi marta ko‘plab hayotlarni saqlab qolishga yordam beradi. Tergovni o‘tkazishga qolganlarning qiziqmasligi juda achinarlidir”, deb aytgan Airwars nohukumat tashkiloti rahbari Kris Vuds.

Tergov davomida BMT, Amnesty International huquq himoyachilari va boshqa bir qator shunday tashkilotlar hujjatlari tahlil qilingan. 

Avvalroq BMTda Mo‘sulni ozod qilish operatsiyasi davomida kamida 2521 fuqaro halok bo‘lgani ma'lum qilingandi.

Mo‘sul 2014 yil yozidan jangarilarning bosh istehkomi bo‘lgan. 2016 yil oktabrda Iroq harbiylari uni ozod qilish maqsadida hujum boshlashgan. 2017 yil iyulda esa Iroq bosh vaziri terrorchilar Mo‘sulda mag‘lub etilganini rasman e'lon qilgandi.

Mavzuga oid