Jamiyat | 21:48 / 08.11.2016
6492
1 daqiqa o‘qiladi
Xitoyda “kuylaydigan yo‘l” qurildi
8 noyabr tongida Xitoyda “kuylaydigan yo‘l”ni taqdim etishdi. 300 metr masofali trassada avtomobil soatiga 35-40 kilometr doimiy tezlikda tezlikda harakatlansa, uning shinalari yordamida yo‘lning ustki qatlamasidan musiqa sadolari taraladi.
Ushbu effektni chiqarish uchun yo‘l ustiga avtomobil shinalarini ishqalanishiga sabab bo‘ladigan maxsus qoplama to‘shaldi. Shu bois avtomobil o‘ttiz soniya ichida “Vatan qasidasi”ni “kuylash”ga muvaffaq bo‘ladi.
Bu yo‘l shu yerga yaqin kondagi ishlar yakunlangach, o‘z holiga tashlab qo‘yilgan edi. Trassaning qayta ochilishi 2017 yilning bahorida rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
15:03 / 10.12.2024
Xitoy koronavirus Uhan laboratoriyasida yaratilganini rad etdi
15:02 / 10.12.2024
Olimlar ekologik toza quyosh batareyalarini ishlab chiqarish usulini topdi
20:48 / 09.12.2024
Tramp saylovda g‘alaba qozonganidan keyin birinchi marta Si Jinping bilan suhbatlashdi
15:41 / 19.05.2024