Jamiyat | 16:04 / 10.11.2016
48042
1 daqiqa o‘qiladi

Abdulla Oripov Toshkentdagi «Chig‘atoy» qabristoniga dafn etildi

Foto: «Kun.uz»

Bugun 10 noyabr kuni O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston qahramoni, O‘zbekiston davlat madhiyasi muallifi Abdulla Oripov vatanida yerga qo‘yildi. Shoirning Do‘rmondagi xonadonida janoza o‘qilgan va marhum Toshkent shahridagi «Chig‘atoy» qabristoniga dafn qilingan. 

Shoirni so‘nggi manzilga kuzatish uchun qarindoshlari, do‘stlari, shoirlar, yozuvchilar, madaniyat va san'at olami vakillari, davlat va jamoat tashkilotlarining xodimlari jam bo‘lishdi.

Abdulla Oripov davomli xastalikdan so‘ng 5 noyabr kuni AQShning Xyuston shahrida vafot etgan edi.

Marhumning jasadi 9 noyabr kuni Toshkentga olib kelingan.

Mavzuga oid